24 noy 09:20
Yangiliklar
Futbol

Garet Beyl “El Klassiko”da maydonga tushmasligi mumkin
Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl ECHL doirasidagi “Sporting”ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi.
Uelslik futbolchi buning natijasida 58-daqiqada maydonni tark etgandi. Kecha Beyl tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Garetning o'ng oyog'i qattiq lat egani aytilmoqda.
Hozircha futbolchining tiklanishi uchun qancha vaqt kerak bo'lishi aytilmayapti. U katta extimol bilan 3 dekabr kuniga mo'ljallangan “Barselona”ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.
Malumot uchun, joriy mavsumda Garet Beyl 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol kiritishga va 4ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'lgan.
Havola :
Fikrlar