05 avg 18:58
Yangiliklar
![](/upload/storage/79447_220.jpg)
Garri Maguayr - "Manchester Yunayted" futbolchisi, u futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi
26 yoshli ingliz "Qizil iblislar" bilan 6 yillik bitimga imzo chekdi. SHartnomaga ko'ra, kelishuvni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish mumkin.
Britaniya nashrlarining malum qilishicha, MYU "Lester"ga 80 million funt sterling to'lab beradi. SHu tariqa, Maguayr futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Garri Maguayr "tulkilar" safiga 2017 yil "Xall Siti"dan o'tgan va 76ta o'yin o'tkazib, 5ta gol urgan.
1. Garri Maguayr ("Lester"dan MYUga) - 80 million funt sterling
2. Virjil Van Deyk ("Sautgempton"dan "Liverpul"ga) - 75 million funt sterling
3. Lukas Ernandes ("Atletiko"dan "Bavariya"ga) - 68 million funt sterling
4. Matteys De Ligt ("Ayaks"dan "Yuventus"ga) - 67,5 million funt sterling
5. Emerik Lyaport ("Atletik"dan "Manchester Siti"ga) - 57 million funt sterling
Fikrlar