17 iyu 07:43
Yangiliklar
Tennis
Garsiya Nottingemda bosh sovringa ega chiqdi
Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida tennis bo'yicha maysa qoplamali ilk WTA turniri yakunlandi.
Sayyoramizning 28-raketkasi Karolin Garsiya ushbu turnirda bosh sovrin sohibasiga aylandi. Franciyalik tennis malikasi final uchrashuvida reytingda o'zidan olti pog'ona yuqorida turgan xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 36 daqiqa davom etgan murakkab uchrashuvda Garsiya irodali g'alabaga erishdi - 2/6, 7/6(4), 7/6(4). Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlardagi umumiy hisob tenglashdi - 3:3. 25 yoshli Karolin Nature Valley Open Nottingham turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok uchun 280 reyting ochkosi hamda 43 000 AQSH dollarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar