25 may 17:49
Yangiliklar
Tennis
Garsiya Strasburgda bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Sayyoramizning 24-raketkasi Karolin Garsiya Franciyaning Strasburg shahrida yakuni sari yaqinlashayotgan turnirning finaliga yo'l oldi.
Franciyalik tennischi yarim final uchrashuvida vatandoshi, WTA reytingida 223-o'rinni egallab turgan Xloe Pakega qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda tajribali Garsiya 6/3, 6/4 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuv davomida 25 yoshli Karolin 11 ta, 24 yoshli Pake esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Garsiya Internatinaux de Strasbourg turnirining finalida ukrainalik Dayana Yastremskayaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar