14 apr 23:44
Yangiliklar
"Gelendvagen" taqdiri nima bo'ldi? Umar Kremlyov javob berdi
Oqshomning markaziy jangi hamyurtimiz Hasanboy Do'smatov va ispaniyalik bokschi Samuel Karmona o'rtasida kechdi. IBA chempionlik kamari uchun o'tkazilgan mazkur 10 raundlik jangda Hasanboy Do'smatov hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, kamarni qo'lga kiritdi.
Jangdan oldin IBA prezidenti Umar Kremlyov ushbu to'qnashuvda bokschilardan kimdir 5-raundgacha muddatidan oldin g'alaba qozonsa, kafolatlangan gonorardan tashqari, "Gelendvagen" rusumli avtomobilga ham ega chiqishini aytgan edi. Biroq jang to'liq 10 raund davom etdi.
Jangdan so'ng IBA rahbari u 5-raundgacha kimdir g'olib bo'lgan taqdirdagina, mashinani olishi mumkin bo'lganini malum qildi:
"Aqldan ozdiradigan darajada energiyaga boy bo'ldi. Barcha bokschilarga yorqin janglar uchun, muxlislarga esa atmosfera uchun minnatdorchilik bildiraman. Afsus, markaziy jangda ikki bokschi ham bir-birini 5-raundgacha mag'lub eta olmadi".
Fikrlar