07 fev 07:06
Yangiliklar
Germaniya Kubogi. Ikki soat davom etgan o'yinda "Bavariya" g'alaba qozondi
Uchrashuv 2006 yilgi Jahon chempionati final uchrashuviga mezbonlik qilgan "Olimpiashtadion" maydonida o'tkazildi va qo'shimcha taymlarda 3:2 hisobida nemis grandining g'alabasi bilan yakunlandi.
G'alaba to'pi ekstra-taymda, aniqrog'i 98-daqiqada Robert Levandovskining ajoyib uzatmasidan so'ng Kingsli Koman tomonidan kiritildi. "Bavariya" tarkibida Serj Gnabri dubl qayd etgan bo'lsa, "Gerta" futbolchilaridan Maksimilian Mittelshtedt va Deyvi Zelke o'z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo'yishdi.
Natijada "Bavariya" musobaqadagi yurishini davom ettirib, chorak finalga yo'l oldi.
Gerta – Bavariya 2:3 (1:1, 1:1, 0:1)
"Olimpiyashtadion"
Gollar: 1:0 – 3 Mittelshtedt, 1:1 – 7 Gnabri, 1:2 – 49 Gnabri, 2:2 – 67 Zelke, 2:3 – 98 Koman.
Gerta – Yarsteyn, Rekik, SHtark, Plattenxardt, Mittelshtedt, Kalu (Klyunter, 82), Lazaro, Gruyich, SHelbred (Lustenberger, 103), Duda (Torunariga, 110), Ibishevich (Zelke, 64).
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Alaba, Kimmix, Xummels, Goretcka, Alkantara, Xames (Martines, 119), Gnabri (Riberi, 89), Koman (Myuller, 120), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Goretcka (3), Levandovski (120).
Fikrlar