31 okt 07:12
Yangiliklar
Futbol
Germaniya kubogi. Vagner va Myullerning gollari Bavariyaga g'alaba keltirdi
Germaniya kubogi 1/16 final bosqichida “Bavariya” safarda “Ryodingxauzen” klubini kichik hisobda taslim etdi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida myunxenliklar hujumchisi Sandro Vagner hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tib bosh hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi va uni Myuller golga aylantirdi. 23-daqiqada bosh hakam yana mezbonlar darvozasi tomon 11 metrlik jarima to'p belgiladi. Bu safar “nuqta”ga yaqinlashgan Renatu Sanshesh gol ura olmadi.
Ikkinchi bo'lim boshida mezbonlar oradagi farqni qisqartirishdi. Yarim himoyachi Linus Mayer gol muallifiga aylandi. Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi va “Bavariya” Germaniya kubogining 1/8 finaliga yo'l oldi.
Havola :
Fikrlar