13 avg 09:22
Yangiliklar
Germaniya Superkubogi. "Bavariya" "Ayntraxt"ni tor-mor etdi
Niko Kovach "Bavariya" rulidagi ilk uchrashuvida g'alaba qozondi va Germaniya Superkubogi sovrinini qo'lga kiritdi.
Qizig'i, Kovach "Ayntraxt" bosh murabbiyi sifatida ham oxirgi o'yinini o'shandagi bo'lajak jamoasi "Bavariya"ga qarshi o'tkazib, Germaniya kubogi finalida g'alabani tantana qilgandi. "Bavariya"dagi debyut bahsida esa sobiq jamoasini ranjitdi.
SHu tariqa, Kovach "Ayntraxt"dagi so'nggi va "Bavariya"dagi ilk uchrashuvida g'alaba qozonib sovrinlarga ega chiqdi. "Bavariya" ketma-ket ettinchi yili Superkubok bahsida ishtirok etdi va umumiy hisobdagi ettinchi Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.
Germaniya Superkubogi.
"Ayntraxt" - "Bavariya" 0:5
"Kommercbank-Arena" stadioni.
Gollar: 0:1 – 21 Levandovski, 0:2 – 26 Levandovski, 0:3 – 54 Levandovski, 0:4 – 63 Koman, 0:5 – 85 Alkantara.
Ayntraxt F – Rennov, Salsedo, Villems, da Koshta, Abraam, de Guzman (Rebich, 64), Xasebe, Gachinovich, Torro, Fabian (Blum, 64), Aller (Yovich, 76).
Bavariya – Noyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Xummels, Robben (Koman, 58), Alkantara, Martines, Riberi, Myuller (Goretcka, 64), Levandovski (Vagner, 72).
Bosh hakam: Marko Fric
Ogohlantirishlar: Xummels (45), Abraam (70).
Fikrlar