So’nggi yangiliklar

19:01Matchroom Муроджон Аҳмадалиев — Наоя Иноуэ жангини эълон қилди (ПОСТЕР) 0 18:39Собиқ жаҳон чемпиони Хайме Мунгия допинг тестидан ўта олмади 0 18:18"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини якунламоқда 0 17:52Расман. Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги эълон қилинди 0 17:26Мераб Двалишвили кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:03Рамазон Темиров Алмабаев билан жангга тайёргарликнинг илк босқичини Таиландда ўтказади 0 16:41"Челси" 70 млн фунтлик трансферни амалга оширадими? 0 16:20Эртага тонгда UFC Vegas 107 турнири ўтказилади (Барча тафсилотлар) 0 15:59Стол теннисчиларимиз Тошкентдаги "Youth Contender" турнирида яна иккита медалга эга чиқишди 0 15:38Бектемир Мелиқўзиев жангга тайёргарлик жараёнида бурнидан жароҳат олган экан 0 15:13"Манчестер Юнайтед" "Челси" ҳужумчисига қизиқмоқда 0 14:37Naiza 73. Тўрт ҳамюртимиздан фақатгина бир нафари ўз жангида ғалаба қозонди 0 14:13Бектемир Мелиқўзиевнинг оғир, аммо муҳим ғалабасидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:46Фомин иштирокидаги учрашувда M15 Tashkent 2 турнирининг илк финалчиси аниқланди 0 13:25"Ал Насср" шов-шувли трансферни амалга оширмоқчи 0

28 iyu 16:58
Yangiliklar

Ot Sporti

Germaniyada o'tkazilgan musobaqada o'zbek chavandozi ikkinchi natijani qayd etdi

Joriy yilning 23-27 iyul kunlari Germaniyaning Nienburg shahrida ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha “32. Nienburg Reiterfest” turniri o'tkazildi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Bekzod Qurbonov yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Bahslar yakuniga ko'ra balandligi 135 sm bo'lgan to'siqlardan o'tish bellashuvlarida Bekzod 60 nafar sportchisi orasida musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi. 70 nafar ishtirokchi bahs olib borgan balandligi 140 sm.ni tashkil etgan yo'nalishda esa sportchimiz bronza medali bilan taqdirlandi.

Eslatib o'tamiz, Bekzod Qurbonov Las-Vegas (AQSH)da bo'lib o'tishi kerak bo'lgan “FEI World Cup 2020” musobaqasining final bosqichiga yo'llanma olgan. Vakilimiz mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun Germaniyaga yo'l olgan, biroq koronavirus sababli chavandozimiz Evropa arenalarida o'z ishtiroklarini vaqtinchalik to'xtatgan edi. Hozirgi kunga kelib, musobaqalarning qayta boshlaganligi tufayli Qurbonov yurtimiz sharafini himoya qilishda davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing