So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

20 mar 16:53
Yangiliklar

Boshqalar

Gigienik talablar va sog'lom turmush tarziga amal qilinsa, koronavirus bizga xavf tug'dirmaydi

Teglar :  Koronavirus
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida butun dunyo hamjamiyatini tahlikaga solayotgan koronavirus muammosiga alohida to'xtalib o'tdilar.

Sir emaski, hozirda ushbu xavfli infekciya jahonning 180ga yaqin mamlakatiga kirib bordi. Afsuski, yuqumli epidemiya yurtimizni ham chetlab o'tmadi. Yaxshiyamki vaziyat oldindan to'g'ri baholanib, Prezidentimiz topshirig'iga muvofiq Respublika maxsus komissiyasi tuzildi va zarur ehtiyot choralari ko'rildi. Natijada O'zbekistonga koronavirusning ommaviy tarzda kirib kelishi va keng tarqalishining oldi olindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mavjud vaziyatni to'g'ri baholagan holda hali yurtimizda ushbu yuqumli kasallik alomatlari aniqlanmasdan turib ehtiyot choralarini ko'rib qo'ydi. SHu maqsadda koronavirus aniqlangan davlatlarda tashkil etilayotgan ko'plab licenzion musobaqalar, xalqaro turnirlar, hattoki o'quv-mashg'ulot yig'inlari ham bekor qilindi.

Xorijiy davlatlarda tashkil etilgan musobaqalardan qaytib kelgan sportchilar, trenerlar, qo'yingki mamlakatimiz sport delegaciyasining barcha azolari tibbiy tekshiruvdan o'tkazildi. Hozirda barcha sport musobaqalari to'xtatilgan bo'lsa-da, Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilar belgilangan dastur asosida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o'tkazilmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad – avvalo mamlakatimiz sportchilarining jismoniy holati va salomatligini ko'zdan kechirish bo'lsa, ikkinchidan, ularning koronavirus epidemiyasini yuqtirib olishdan saqlashdir.

Dunyo miqyosida koronavirus ommalasha boshlagach, dastlab O'zbekistonda o'tkazilishi belgilangan xalqaro sport musobaqalari bekor qilindi. So'ngra barcha sport turlari bo'yicha ichki musobaqalarni ham to'xtatdik. SHu bilan birga sport talim muassasalarida o'quvchi va talabalar tatilga chiqarilib, barcha sport tashkilotlarida koronavirus epidemiyasiga qarshi dizenfikciya ishlari amalga oshirilmoqda.

Xulosa qiladigan bo'lsak, bugun mamlakatimiz sport jamoatchiligi ham xalqimiz bilan bir tanu bir jon bo'lgan holda koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda faol qatnashmoqda. Eng asosiysi, vahimaga yo'l bermasdan, avvalo gigienik talablarga, qolaversa sog'lom turmush tarziga jiddiy amal qilinsa, o'ylaymanki koronavirus balosi mamlakatimizga xavf sololmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing