19 okt 12:09
Yangiliklar
G'ijduvonda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston Kubogi o'tkazildi
Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 400 nafarga sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

Bellashuvlarning birinchi kuni o'g'il bolalar belbog'li kurashning klassik yo'nalishi bo'yicha 14 ta vazn toifasida kuch sinashgan bo'lsa, 16-17 oktyabr kunlari o'g'il bolalar va qizlar belbog'li kurashning erkin yo'nalishida o'zaro bellashishdi.

Murosasiz o'tgan musobaqada umumjamoa hisobida eng ko'p medallar bilan Buxoro viloyati jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Medallar jamg'arish bo'yicha ikkinchi o'rin Farg'ona viloyati jamoasiga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni Andijon viloyati terma jamoasi egalladi.

SHuningdek, musobaqaning birinchi kuni tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Tadbirda G'ijduvon tumani hokimi Farhod Umarov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, O'zbekiston "Adolat" SDP Buxoro viloyat Kengashi raisi Maqsud Hamidov, belbog'li kurash federaciyasi Buxoro viloyati bo'limi boshlig'i Sohibjon Qosimov va boshqalar ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.















Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar