15 okt 11:51
Yangiliklar
![](/upload/storage/20881_220.jpg)
Gilermo Garsiya-Lopes: “Istomin charchab qolgandi”
O'z vaqtida dunyoning 23-raketkasi bo'lgan Garsiya sovrin jamg'armasi 150 000 dollarni tashkil qilgan Toshkent CHellenjer turnirining finalida polshalik raqibidan, yarim finalda esa hamyurtimiz Denis Istomindan ustun kelgan edi.
“Bu turnirdagi g'alaba men uchun juda ham kerak edi. Boisi, shu yo'l bilan men yana TOP-100ga qaytardim. Vazifani bajarganimdan xursandman. Eng qiyin uchrashuv Denisga qarshi yarim finalda bo'lib o'tdi.
Nazarimda, Istomin CHendudagi turnirda ancha kuch yo'qotdi. Unda charchoq alomatlari ko'zga tashlanib qoldi. Nasib qilsa, kelasi yili Toshkentga yana kelaman va chempionlik titulimni himoya qilaman”, - dedi Garsiya.
Suratlar O'zbekiston tennis federaciyasi rasmiy saytidan olindi
Fikrlar