So’nggi yangiliklar

22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0

03 noy 11:55
Yangiliklar

Gimnastika

Gimnastika bo'yicha eng istedodli o'quvchi-qizlar aniqlandi

Teglar :  Badiiy gimnastika
Poytaxtimizdagi Gimnastika bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-o'smirlar sport maktabida gimnastika bo'yicha o'tkazilgan "Maktabgacha va maktab talimi vaziri kubogi" respublika sport musobaqasi g'oliblarini taqdirdash marosimi bo'lib o'tdi.

Maktabgacha va maktab talimi vaziri Hilola Umarova mamlakatimizda bolalarni sportga, ayniqsa qizlarni gimnastikaga jalb etish borasida muayyan tizim yaratilganini etirof etdi.

Ushbu musobaqa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi "Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida tashkil etildi.

Musobaqada umumtalim maktablarining 1-4-sinflari o'quvchi-qizlari maktab, tuman (shahar), hududiy (Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo'yicha o'zaro kuch sinashdi.

Musobaqa yakunida jamoaviy hamda yosh toifasi bo'yicha g'oliblarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Mazkur musobaqa badiiy gimnastika nafosat, barkamollik, go'zallik kaliti ekanini yana bir bor namoyish etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing