30 mar 14:07
Yangiliklar
Gimnastika

Gimnastikachilarimiz Sofia Cup'da uchta medalga ega chiqishdi + FOTO
SHu kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Sofia Cup xalqaro musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Yoshlar o'rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi azolari turnir doirasida uchta medalni qo'lga kiritdi.
Kristina SHin, Alan Hafizova, Milan Safina, Safiya Po'latova, Jasmin Yaxlakova va Esina Jo'raeva dastlab ko'p kurashda bronza medalga sazovor bo'lishdi, so'ngra bulava bilan mashqlarda ikkinchi natijani qayd etishdi.
Sofiya Usova, Leysan Kuzmenko hamda Viktoriya Nikiforova esa jamoaviy ko'p kurashda bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : t.me/UzbGymnastics
Fikrlar