So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

23 may 16:37
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

G'iyosov – Ketterol jangi: SHahramning chempionlik sinovi yoki Britaniya maktabining navbatdagi imtihoni? (Mutolaa uchun)

Bugun Misrning mashhur Giza piramidalari yaqinida professional boks oqshomi doirasida o'zbekistonlik bokschi SHahram G'iyosov hamda britanlik Jek Ketterol o'rtasida WBA yo'nalishi bo'yicha yarim o'rta vazn toifasida chempionlik jangi bo'lib o'tadi.

Mazkur to'qnashuv nafaqat ikki sportchi faoliyatidagi eng muhim bellashuvlardan biri, balki o'zbek professional boksi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi:

Avvaliga mazkur bellashuv WBA’ning Regular chempionlik kamari uchun rejalashtirilgan edi. Keyinchalik tashkilot Rolando Romeroni Super champion maqomiga ko'tardi va G'iyosov – Ketterol jangi to'laqonli chempionlik maqomini oldi.

SHahram G'iyosov: sabr bilan kutilgan imkoniyat

Hamyurtimiz professional ringda uzoq vaqtdan beri chempionlikka asosiy davogarlardan biri sifatida ko'rilib kelmoqda. Olimpiada kumush medali sohibining professional rekordi hozircha mukammal — 17 ta jang, 17 g'alaba. Uning uslubi tezkorlik, yuqori temp va kombinacion boksga qurilgan.

So'nggi yillarda G'iyosov WBA reytingining yuqori pog'onalarida yurdi, ammo katta chempionlik jangi bir necha bor kechiktirildi. Endi esa unda o'zini to'liq namoyon qilish uchun eng muhim imkoniyat paydo bo'lmoqda.

SHahramning asosiy ustunligi — uning hujumkor boksidir. U raqibni doimiy bosim ostida ushlashni yaxshi ko'radi. Ayniqsa, o'rta va yaqin masofadagi seriyali zarbalari xavfli hisoblanadi. Agar u jangning ilk raundlaridanoq tempni yuqori ushlay olsa, Ketterol uchun jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Biroq G'iyosov uchun eng katta savol — elita darajasidagi texnik va tajribali raqibga qarshi qanday harakat qilishidir. CHunki u hali professional faoliyatida Ketterol darajasidagi bokschiga qarshi ringga chiqmagandi.

Jek Ketterol: bahsli mag'lubiyatdan keyingi yangi bosqich

Angliyalik charm qo'lqop ustasi esa Evropada ancha shakllangan va yuqori saviyali bokschilardan biri hisoblanadi. U ko'pchilik muxlislar eslaydigan Josh Teylorga qarshi bahsli jangdan keyin ham o'z darajasini saqlab qoldi va qayta tiklanishni uddaladi.

Ketterolning uslubi G'iyosovnikidan keskin farq qiladi. Britaniyalik sportchi sovuqqon, hisob-kitobli va himoyaviy boksni yaxshi qo'llaydi. U raqib xatosidan foydalanishni kutuvchi bokschilar toifasiga kiradi. Ayniqsa, chap qo'lda harakat qilishi G'iyosov uchun noqulaylik tug'dirishi mumkin.

So'nggi janglarda Ketterol yarim o'rta vaznda ham o'zini yaxshi his qilayotganini namoyish qildi. Ekkou Essuman ustidan qozonilgan texnik nokautli g'alaba uning formada ekanini ko'rsatdi.

Taktik jihatdan kim ustun?

Qog'ozda qaralsa, bu jang "hujumkor bosim" va "aqlli kontrboks" to'qnashuviga o'xshaydi.

G'iyosov jangni yuqori tempda olib borishga harakat qiladi. Ketterol esa ehtimol, masofa va tayming orqali o'z imkoniyatlarini qidiradi. Agar jang oxirgi raundlarga cho'zilsa, britaniyalik bokschining tajribasi muhim omilga aylanishi mumkin.

SHu bilan birga, SHahramning jismoniy bosimi va doimiy pressingi Ketterolni noqulay holatga tushirishi ehtimoldan xoli emas. Ayniqsa, o'zbek bokschisi tanaga ishlashni ko'paytirsa, jang davomida ustunlikka erishishi mumkin.

O'zbekiston boksi uchun tarixiy imkoniyat

Mazkur bellashuv nafaqat SHahram G'iyosov, balki butun o'zbek professional boksi uchun muhim ahamiyatga ega. So'nggi yillarda O'zbekiston havaskor boksda dunyo liderlaridan biriga aylandi. Endi esa bu muvaffaqiyatlarni professional ringda ham mustahkamlash vaqti keldi.

G'iyosovning g'alabasi uni nafaqat WBA chempioniga aylantiradi, balki yarim o'rta vazndagi eng katta janglarga yo'l ochib beradi. Ayniqsa, keyingi bosqichda Rolli Romero yoki divizionning boshqa yirik nomlari bilan super janglar tashkil etilishi mumkin.

Bir narsa aniq: Gizadagi jang SHahram G'iyosov faoliyatidagi hal qiluvchi burilish nuqtasi bo'lishi mumkin. Endi esa barcha savollarga javobni ringning o'zi beradi.

Bugungi jang Toshkent vaqti bilan taxminan soat 22:00dan so'ng boshlanadi. Hamyurtimizga faoliyatidagi muhim jangda omad tilaymiz!

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing