21 noy 17:37
Yangiliklar
Futbol

Golden Boy. Mukofot uchun 3 nafar nomzod qoldi
Evropaning 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchisi uchun uchta nomzod qoldi.
Golden Boy uchun yakuniy nomzodlar:
Joau Feliks ("Atletiko", Portugaliya)
Jeydon Sancho ("Borussiya" (Dortmund), Angliya)
Kay Xaverc ("Bayer", Germaniya)
Yozda "Benfika"dan "Atletiko"ga o'tgan Joau Feliks Madrid klubi tarkibida barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
Sanchoning hisobida 4 ta gol va 8 ta assist bor. Xaverc esa 16 ta o'yinda 3 ta gol va 1 ta assistga erishgan. G'olib 27 noyabr kuni Rimda tantanali marosimda aniqlanadi.
Havola :
Fikrlar