04 avg 18:43
Yangiliklar
Boshqalar

“Golden Steyt” Grin bilan shartnomani 100 mln dollarga uzaytirdi
“Golden Steyt” basketbol klubi hujumchisi Dreymond Grin jamoasi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga muvaffaq bo'ldi.
Bu haqda “Uorriorz” klubining rasmiy saytida xabar berildi. Yangi kelishuv 4 yilga mo'ljallangan bo'lib, 100 million dollarga imzolandi. SHartnoma mavsum-2020/21dan boshlab kuchga kiradi.
Malumot uchun, Grin o'tgan mavsum Milliy basketbol associaciyasi Muntazam chempionatida jami 66 ta uchrashuvda parketga chiqqan. Bu o'yinlarda u o'rtacha 7,4 ochko to'plagan.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar