09 iyu 10:14
Yangiliklar
Futbol

Gollandiyalik sobiq futbolchi Ronalduni to'xtatish yo'lini aytdi
Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rafael van der Vart Millatlar ligasi finali haqida fikrlarini bildira turib, Ronalduni qanday qilib “zarasizlantirish” haqida gapirdi.
“Gollandiya terma jamoasi sovrin qo'lga kiritishga tayyor. Ayni paytda jamoada tajribali va yosh futbolchilar uyg'unlashgan.
Ronaldu haqida gapiradigan bo'lsak, uni faqat jamoaviy harakat orqali to'xtatib qolish mumkin. Unga nisbatan personal futbolchini qo'yish foyda keltirmaydi”, deya van der Vartning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Bild.
Portugaliya-Gollandiya uchrashuvi bugun, 9 iyun kuni Portu shahridagi “Dragau” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar