25 sen 09:11
Yangiliklar

Golovkin va Alvares jamoalari revansh jangi yuzasidan muzokarani boshlashdi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBA (Super), WBC, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda meksikalik davogar Saul “Kanelo” Alvaresning jamoalari revansh jangi yuzasidan muzokarani boshlashdi.
Bu malumotni Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi prezidentiErik Gomes tasdiqladi. Oskar De La Xoyyaga tegishli ushbu kompaniya Alvaresning janglarini tashkil qilib kelmoqda.
“Biz muzokarani boshladik. Bu borada Gennadiyning promouteri Tom Leffler bilan gaplashdik. Katta ehtimol bilan revansh jangi kelasi yilning may oyida bo'lib o'tadi. Balki, mart oyida o'tkazilar”, - dedi Gomes.
Eslatib o'tamiz, 16 sentyabr kuni bo'lib o'tgan ilk jangda durang natija qayd etilgan va buning natijasida Golovkin chempionlik kamarlarini o'zida saqlab qolgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar