So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

27 mar 11:04
Yangiliklar

Dzyudo

Gomeldagi turnirning ikkinchi kunida yana uchta medal FOTOGALEREYA

Xabar berganimizdek, Belarusning Gomel shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tgandi.

O'z tarixida ikkinchi bor tashkil etilgan "Prayd Kubogi"da 11 davlatdan 2006-2007, 2008-2009 hamda 2010-2011 yillarda tavallud topgan jami 1000 nafarga yaqin o'smir dzyudochilar ishtirok etdi. Yurtimiz sharafini O'lmas Gulliev murabbiyligida o'zbekistonlik dzyudochilar himoya qilishdi. 

Quvonarlisi, hamyurtlarimizdan 6 nafari taqdirlash marosimida shoxsupaga ko'tarildi. Turnirning birinchi kuni Inom Bahodirov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, xalqaro turnirning oltin medaliga sazovor bo'lgandi. Ubaydulloh Botirov va Inoyatullo Telmonov esa bronza medalini qo'lga kiritgan edi. 

Ikkinchi kungi bahslarda hamyurtlarimiz yana 3ta medalni terma jamoamizga taqdim etishdi. Saidakbar Mamirov oltin medal bilan shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilib, madhiyamizning yangrashiga sababchi bo'ldi. Muzaffar Tursunov kumush, Mirjahon Sayfidinov esa bronza medaliga ega chiqdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing