01 iyu 17:02
Yangiliklar
Futbol

Gonsalo Iguain va 4 futbolchi "CHelsi"ni tark etdi
Londonning "CHelsi" klubini bir qator futbolchilar tark etishdi.
Hujumchi Gonsalo Iguain, darvozabonlar Robert Grin va Eduardu, shuningdek himoyachilar Kayl Skott va Gari Kexillar klub bilan xayrlashishdi.
Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda. Bu futbolchilarning klub bilan tuzgan shartnomalari yakuniga etgan.
Asli "Yuventus"ga tegishli bo'lgan Iguain mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida londonliklar tarkibida o'tkazdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar