02 noy 11:04
Yangiliklar
Grand Prix de France. Geynish va CHigirev qisqa dasturda kuchli beshlikdan joy olishdi
Kecha tunda Grand Prix de France musobaqasida qisqa dastur bo'yicha bahslar tashkil etildi. O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirevning chiqishi hakamlar tomonidan 61.38 ballga baholandi. Bu natija evaziga sportchilarimiz sakkiz juftlik orasida 5-o'rinni band etishdi.
Qisqa dasturda g'oliblik Germaniya sharafini himoya qilayotgan Minerva Faben Xaze va Nikita Volodin juftligiga nasib etdi. Ularning chiqishi 73,72 ballga baholandi. Kuchli uchlikdan Italiya va Kanada davlatlari juftliklari joy olishdi.
Grand Prix de France. 3-bosqich
Anje, Franciya. Juftliklar. Qisqa dastur
1. Minerva Faben Xaze – Nikita Volodin (Germaniya) – 73,72
2. Sara Konti – Nikkolo Machii (Italiya) – 70,79
3. Lia Pereyra – Trent Misho (Kanada) – 64,38
4. Alisa Efimova – Misha Mitrofanov (AQSH) – 64,08
5. Ekaterina Geynish – Dmitriy CHigirev (O'zbekiston) – 61,38
6. Rebekka Gilardi – Filippo Ambrozini (Italiya) – 60,74
7. Kamilla Kovalev – Pavel Kovalev (Franciya) – 54,81
8. Oreli Faula – Teo Bell (Franciya) – 41,50
Fikrlar