So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

10 mar 10:02
Yangiliklar

Dzyudo

Grand Prix Upper Austria turnirida 3 ta medal qo'lga kiritdik, bu safar ham yoshlar o'zlarini ko'rsatishdi

Avstriyaning Linc shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi turnir o'z nihoyasiga etdi.

Uch kun davomida dunyoning 52 mamlakatidan kelgan dzyudochilar medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishdi. Yakunda Yaponiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha birinchi o'rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillari 2 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi. 

Peshqadam singari 2 ta oltin medal qo'lga kiritgan Gruziya terma jamoasi kumush medallar kamligi hisobigagina ikkinchi o'rindan joy olishdi. Kuchli uchlikka safida ikki chempionga ega Italiya terma jamoasi yakun yasadi. Sloveniya, Franciya, Germaniya, Braziliya, Ukraina, Kuba, Qozog'iston va Avstraliya terma jamoalari tarkibida ham bir nafardan oltin medal sohibi borligini inobatga olsak, turnir qay darajada murosasiz kechganligi oydinlashadi.      

O'zbekiston terma jamoasi esa Avstriya Gran-prisida 1 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega chiqdi. Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirida bo'lgani singari Lincda ham yosh dzyudochilarimiz o'zlarini ko'rsatishdi. 18 yoshli Laziza Haydarova hamda 20 yashar Mardon Ravshanov bronza medalini qo'lga kiritishdi. Bu ularning kattalar o'rtasidagi musobaqalardagi birinchi medali edi. Murodjon Yo'ldoshev esa o'zi uchun yangi -81 kg vaznda kumush medal bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing