02 dek 11:34
Yangiliklar
Grand Slam. Dzyudochilarimizdan omadsiz start
Nufuzi jihatidan jahon chempionatiga qiyoslanadigan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi polvonlari ham ishtirok etishyapti. Afsuski, musobaqaning ilk kuni dzyudochilarimiz uchun omadsiz keldi. Bugun tatamiga chiqqan to'rt nafar sportchimizning bari ilk bahslardayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
Birgina yosh dzyudochimiz Hikmatullo To'raev bitta g'alabaga erisha oldi, xolos. Ikkinchi davradan kurashga qo'shilgan To'raev avvaliga AQSH vakili Nikolos Delpopoloni mag'lub etdi. Lekin ikkinchi bahsida mo'g'ulistonlik Odbayar Ganbaatarga yutqazib qo'ydi.
Terma jamoa tarkibidagi eng tajribali va shu bilan birga ishongan dzyudochimiz -60 kg vazn toifasidagi SHarofiddin Lutfullaev ilk davrada rossiyalik Islam Yashuevga imkoniyatni boy berib, ishtirokini to'xtatdi.
-66 kg vaznda ikki hamyurtimiz tatamiga chiqdi. Sardor Nurillaev germaniyalik Sebastyan Sedlga, terma jamoa murabbiyi Andrey SHturbabinning o'g'li Artyom SHturbabin esa mo'g'ulistonlik Altansux Dovdonga yutqazib, uyga quruq qo'l bilan qaytadigan bo'ldi.
Qolgan vaznlardagi kurashchilarimiz:
-90 kg: Yahyo Imomov
-90 kg: SHermuhammad Jandriev
-100 kg: SHerali Jo'raev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Fikrlar