18 okt 08:11
Yangiliklar
Grand Swiss. 15 yoshli grossmeysterimiz 7-turda kuchli raqibga qarshi dona surdi
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Musobaqada muvaffaqiyatli dona surayotgan istedodli shaxmatchimiz, 15 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bir kunlik tanaffusdan so'ng o'tkazilgan 7-turda oq donalarda o'zi singari 3,5 ochko jamg'arib turgan ukrainalik xalqaro grossmeyster Pavel Elyanov (2663)ga qarshi o'ynadi va yakunda durangga imzo chekdi.
Etti imkoniyatdan 4 ochko jamg'argan Nodirbek qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 37-o'rinni egallab turibdi. Musobaqada 106-raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz bugun o'tkaziladigan 8-partiya uchrashuvida rossiyalik xalqaro grossmeyster Sanan Syugirov (2662)ga qarshi qora donalarda o'ynaydi.
Fikrlar