20 okt 07:56
Yangiliklar
Grand Swiss. 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz 9-turda yana kuchli raqibdan ochko oldi
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Musobaqada muvaffaqiyatli dona surayotgan istedodli shaxmatchimiz, 15 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 9-turda oq donalarda o'ynab, xitoylik xalqaro grossmeyster, talabalar o'rtasida jahon chempioni 33 yoshli Bu Syanchjig bilan durangga imzo chekdi.
Abdusattorov bugun o'tkaziladigan 10-tur oldidan turnir jadvalida 5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 42-o'rinni egallab turibdi. Bugun Nodirbek o'zi singari 5 ochkoga ega bo'lib turgan rossiyalik grossmeyster Grigoriy Oparin (2654)ga qarshi qora donalarda o'ynaydi.
Fikrlar