22 okt 07:24
Yangiliklar

Grand Swiss. 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz musobaqani Qosimjonovdan 26 pog'ona yuqorida tugatdi
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qildi. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Musobaqada muvaffaqiyatli dona surgan istedodli shaxmatchimiz, 15 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov so'nggi 11-turda rossiyalik xalqaro grossmeyster Aleksey Sarana (2655)ga qarshi oq donalarda bahs olib bordi va kuchli raqib bilan durangga erishdi.
O'n bir imkoniyatdan 6 ochko jamg'argan Nodirbek qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra musobaqa yakunida 46-o'rinni egalladi. Bu borada u turnir jadvalida Rustam Qosimjonovdan 26 pog'ona yuqorida joylashdi. Musobaqada 106-raqam ostida tasniflangan shaxmatchimiz uchun bu yomon natija emas.
Fikrlar