So’nggi yangiliklar

14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0 13:29"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади 0 13:08Нурсултон Рўзибоев: "Йил охиригача UFC'даги ўзбеклар кўпайиб қоламиз" 0 12:47Брайан Баттл: "Нурсултон бу учун ҳали жавоб беради" 0 12:26Нималар бўляпти? UFC 319 доирасидаги яна бир жанг бекор бўлди 0 12:05Бугун 19-турга старт берилади. "Пахтакор" "Сўғдиёна"дан реванш оладими? 0 11:44Даврон Файзиев Дрикюс Дю Плесси - Хамзат Чимаев жангига тахмин билдирди 1 11:23Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига Туркияда тайёрланишяпти 0 11:02Дана Уайт Макгрегорнинг UFC ростеридан чиқарилгани ҳақидаги хабарга муносабат билдирди 0 10:41Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади 0 10:20Қозоғистонлик теннисчи WTA 1000 турнири 1/4 финалига чиқди 0 09:59Плессига қарши жангда Чимаевнинг бурчагида ким бўлиши маълум + ФОТО 0

19 okt 07:31
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. Nihoyat, Rustam Qosimjonov g'alaba qozondi va chempionlik poygasiga qo'shildi

Angliyaning Men orolida dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari ishtirokidagi nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega. 

Kecha o'tkazilgan 8-partiyada Rustam Qosimjonov nihoyat g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Hamyurtimiz qora donalarda harakat qilganiga qaramay, o'zi singari 4 ochko jamg'arib turgan hindistonlik xalqaro grossmeyster Puranik Abximanyuni mag'lubiyatga uchratdi. 

Ushbu muhim g'alabadan so'ng Qosimjonov o'z ochkolarini 5 taga etkazib oldi va chempionlik poygasiga qo'shildi. U turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 32-pog'onadan 17-o'ringa ko'tarilib oldi. Rustam Qosimjonov bugun o'tkaziladigan 9-turda oq donalarda britaniyalik grossmeyster Devid Xouelga qarshi bahs olib boradi. 

Malumot uchun, 22 oktyabr kuni yakuniga etadigan Grand Swiss turniri g'olibi 70 000, ikkinchi o'rin sohibi 50 000, uchinchi o'rin egasi esa 40 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ladi. Kuchli o'ttizlikka kira olgan shaxmatchiga esa 2000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing