15 okt 08:17
Yangiliklar

Grand Swiss. Rustam Qosimjonov 5-tur uchrashuvini o'tkazdi
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Kecha o'tkazilgan 5-partiyada Rustam Qosimjonov qora donalarda harakat qildi va reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan rossiyalik xalqaro grossmeyster, musobaqaning 11-raqamli shaxmatchisi (Qosimjonov 56-raqam ostida saralangan) Vladislav Artemiev (2746) bilan durang o'ynadi.
Malumot uchun, Rustam Qosimjonov 3-turda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen bilan ham murosaga kelgandi. Bugun u 6-turda oq donalarda o'zi singari 3 ochko jamg'arib turgan hindistonlik xalqaro grossmeyster Santosh Vidit Gujrati (2718) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Fikrlar