18 okt 08:32
Yangiliklar

Grand Swiss. Rustam Qosimjonov 7-turda qanday natija qayd etdi?
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Kecha o'tkazilgan 7-partiyada Rustam Qosimjonov oq donalarda harakat qildi va o'zi singari 3,5 ochko jamg'arib turgan rossiyalik xalqaro grossmeyster Pyotr Svidler (2729) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oldi. Ushbu bahsda tomonlar murosaga kelishdi.
Ketma-ket durang natijalardan so'ng Rustam Qosimjonov 7 imkoniyatdan 4 ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 32-o'rinni egallab turibdi. U bugun o'tkaziladigan 8-turda hindistonlik xalqaro grossmeyster Puranik Abximanyuga qarshi qora donalarda harakat qiladi.
Malumot uchun, 22 oktyabr kuni yakuniga etadigan Grand Swiss turniri g'olibi 70 000, ikkinchi o'rin sohibi 50 000, uchinchi o'rin egasi esa 40 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ladi. Kuchli o'ttizlikka kira olgan shaxmatchiga esa 2000 AQSH dollari taqdim etiladi.
Fikrlar