So’nggi yangiliklar

14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0 13:29"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади 0 13:08Нурсултон Рўзибоев: "Йил охиригача UFC'даги ўзбеклар кўпайиб қоламиз" 0 12:47Брайан Баттл: "Нурсултон бу учун ҳали жавоб беради" 0 12:26Нималар бўляпти? UFC 319 доирасидаги яна бир жанг бекор бўлди 0 12:05Бугун 19-турга старт берилади. "Пахтакор" "Сўғдиёна"дан реванш оладими? 0 11:44Даврон Файзиев Дрикюс Дю Плесси - Хамзат Чимаев жангига тахмин билдирди 1 11:23Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига Туркияда тайёрланишяпти 0 11:02Дана Уайт Макгрегорнинг UFC ростеридан чиқарилгани ҳақидаги хабарга муносабат билдирди 0 10:41Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади 0 10:20Қозоғистонлик теннисчи WTA 1000 турнири 1/4 финалига чиқди 0 09:59Плессига қарши жангда Чимаевнинг бурчагида ким бўлиши маълум + ФОТО 0

11 okt 11:46
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. Rustam Qosimjonov durang, Abdusattorov g'alaba bilan boshladi

Angliyaning Men orolida dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari ishtirokida nufuzli xalqaro turnir start oldi.

Musobaqada amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen, jahon vice-chempionlari Vishvanatan Anand (Hindiston), Fabion Karuana  (AQSH), Sergey Karyakin (Rossiya) kabi mashhur shaxmatchilar dona surishyapti. 

Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda yosh xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega. 

Rustam Qosimjonov birinchi turda isroillik xalqaro master Ariel Erenergga qarshi qora donalarda harakat qilib, murosaga keldi. Nodirbek esa qora donalarda o'ynashiga qaramay, reytingda o'zidan yuqorida turgan angliyalik xalqaro grossmeyster Gavayn Jons (2688)ni mag'lubiyatga uchratdi. 

Bugun 2-turda Rustam Qosimjonov oq donalarda xitoylik Ting Jie Ley (2469)ga, Nodirbek Abdusattorov esa rossiyalik xalqaro grossmeyster Anton Demchenko (2655)ga qarshi dona suradi.    

Malumot uchun, 22 oktyabr kuni yakuniga etadigan Grand Swiss turniri g'olibi 70 000, ikkinchi o'rin sohibi 50 000, uchinchi o'rin egasi esa 40 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ladi. Kuchli o'ttizlikka kira olgan shaxmatchiga esa 2000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing