14 okt 08:46
Yangiliklar
Grand Swiss. Rustam Qosimjonovda durang, 15 yoshli grossmeysterimiz kuchli raqibni mag'lub etdi
Musobaqada amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen, jahon vice-chempionlari Vishvanatan Anand (Hindiston), Fabion Karuana (AQSH), Sergey Karyakin (Rossiya) kabi mashhur shaxmatchilar dona surishyapti.
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Kecha o'tkazilgan 4-partiyada Rustam Qosimjonov oq donalarda harakat qildi va reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan hindistonlik xalqaro grossmeyster Pentala Xarikrishna (2748) bilan durang o'ynadi. Qosimjonov 3-turda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen bilan ham murosaga kelgandi.
Istedodli shaxmatchimiz, 15 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 4-turda oq donalarda o'ynab, polshalik xalqaro grossmeyster Kasper Pyorun (2643)ni mag'lubiyatga uchratdi. Beshinchi partiya oldidan Qosimjonov 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 27, Abdusattorov esa shuncha ochko bilan 31-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar