So’nggi yangiliklar

15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0 14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0 13:29"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади 0 13:08Нурсултон Рўзибоев: "Йил охиригача UFC'даги ўзбеклар кўпайиб қоламиз" 0 12:47Брайан Баттл: "Нурсултон бу учун ҳали жавоб беради" 0 12:26Нималар бўляпти? UFC 319 доирасидаги яна бир жанг бекор бўлди 0 12:05Бугун 19-турга старт берилади. "Пахтакор" "Сўғдиёна"дан реванш оладими? 0 11:44Даврон Файзиев Дрикюс Дю Плесси - Хамзат Чимаев жангига тахмин билдирди 1 11:23Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига Туркияда тайёрланишяпти 0 11:02Дана Уайт Макгрегорнинг UFC ростеридан чиқарилгани ҳақидаги хабарга муносабат билдирди 0 10:41Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади 0 10:20Қозоғистонлик теннисчи WTA 1000 турнири 1/4 финалига чиқди 0

21 okt 08:29
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss. Rustam Qosimjonovda ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat

Xabar berganimizdek, Angliyaning Men orolida dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari ishtirokidagi nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega. 

Kecha o'tkazilgan 10-partiyada Rustam Qosimjonov qora donalarda o'ynab, kutilmaganda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Hamyurtimiz ruminiyalik grossmeyster Bogdan-Daniel Dik (2613)ga imkoniyatn boy berdi. Bu 17-jahon chempionining ketma-ket qabul qilib olgan ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. 

Bugun o'tkaziladigan 11-tur oldidan Qosimjonov 5 ochko bilan turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 73-o'rinni egallab turibdi. Bir tur oldin u 37-pog'onadan joy olgandi. Rustam Qosimjonov bugun o'tkaziladigan so'nggi 11-turda oq donalarda gollandiyalik Erin L`ami (2619)ga qarshi harakat qiladi.

Malumot uchun, 22 oktyabr kuni yakuniga etadigan Grand Swiss turniri g'olibi 70 000, ikkinchi o'rin sohibi 50 000, uchinchi o'rin egasi esa 40 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ladi. Kuchli o'ttizlikka kira olgan shaxmatchiga esa 2000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing