21 dek 13:20
Yangiliklar
Futbol

Greciyada hakamlar ish tashlash elon qilishdi
Hakamlar ish tashlash elon qilgani tufayli yaqin orada o'tkazilishi kerak bo'lgan Greciya chempionatining o'yinlari nomalum muddatga qoldirildi.
Referilar ularning hamkasbi Tanasis Dzilosga bo'lgan hujum tufayli o'yinlarda qatnashishni istashmayapti. Dzilosga ko'chada hujum qilishdi. Bosh va oyog'idan jarohat olgan hakam 20 dekabr kuni kasalxonani tark etdi.
Greciya chempionatining so'nggi turida Dzilos "Ksanti" - "Olimpiakos" uchrashuvida (1:1) ishladi. Ushbu bahsda hakam 9ta sariq kartochka ko'rsatdi va "Olimpiakos" yarim himoyachisi Daniel Kashteluni chetlatdi.
Havola :
Fikrlar