06 fev 11:00
Yangiliklar
Boshqalar
Gregg Popovich g'alabalar soni bo'yicha MBA rekordini yangiladi
“San-Antonio Spers” jamoasining afsonaviy murabbiyi Greg Popovich g'alabalar soni bo'yicha rekordni yangiladi.
Popovich boshchiligidagi “San-Antonio” klubi Milliy basketbol associaciyasidagi 1128-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu o'yinlarning barchasida aynan Popovich jamoaga murabbiylik qilgan.
Bu borada Greg Jerri Slounni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Popovich 21 mavsum mobaynida 1 624 ta uchrashuvda 1 128ta g'alabaga erishgan.
Popovich turli jamoalarda ishlash orqali g'alabalarga erishgan murabbiylar reytingida ettinchi o'rinni egallab turibdi.
MBAda ko'p g'alabaga erishgan murabbiylar:
1. Don Nelson 1335
2. Lenni Uilkens 1332
3. Jerri Sloun 1221
4. Pet Rayli +1210
5. Jorj Karl 1175
6. Fil Jekson 1155
7. Gregg Popovich 1128
8. Larri Braun 1098
9. Rik Adelman 1042
10. Bill Fitch 944
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar