29 noy 11:40
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/6231_220.jpg)
Grem Poll: “Mourino hakamlarni hurmat qilmaydi, 6 o'yinlik diskvalifikaciya unga yordam berishi mumkin”
Sobiq hakam Grem Poll “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino haqida o'z fikrlarini bildirdi.
“Moss Mourinoni chetlatib to'g'ri qildi. Mourino u suv idishini g'azab bilan tepganini barcha ko'rdi.
MYU muxlislari ularning murabbiyiga doim boshqalardan keskinroq jazo berilishidan xafa bo'lishlari mumkin, lekin hakamlar Mourinoning harakatlariga ko'p bor beetibor bo'lishgandi.
Mourino hakamlarni hurmat qilmaydi, o'tgan yil ham Moss Jozeni chetlatgan edi. Hakamlar o'z ishlarini qilishadi, endi FA ham o'z ishini qilishi kerak. 6 o'yinlik diskvalifikaciya yordam berishi mumkin”, – deb yozadi Poll o'z kolonkasida.
Malumot uchun, portugaliyalik murabbiy joriy mavsumda ikkinchi bor 2 o'yinlik diskvalifikaciya olishi mumkin.
Havola :
Fikrlar