20 okt 15:02
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/187191_220.jpg)
Grizmann CHempionlar Ligasi tarixida bitta o'yinda dubl qayd etgan va chetlatilgan ilk o'yinchiga aylandi
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Liverpul" (2:3)ga qarshi CHempionlar Ligasi guruh bosqich 3-tur doirasidagi o'yinda tarixiy natija qayd etdi.
30 yoshli franciyalik futbolchi turnir tarixida bitta o'yinda dubl qayd etgan va qizil kartochka olgan ilk o'yinchiga aylandi.
Grizmann "Liverpul"ning ikki goliga birinchi taymdayoq dubli bilan javob berdi, ammo 52-daqiqada to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
"Liverpul" esa 78-daqiqada Salahning penaltidan urgan goli evaziga g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : twitter.com/OptaJoe
Fikrlar