12 iyu 11:58
Yangiliklar
Futbol

Grizmann jarohat oldi
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann jarohatlandi.
29 yoshli forvard Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida "Valyadolid"ga qarshi o'yindan keyin o'zini yaxshi his qilmayapti. "RAC1" xabariga ko'ra, u oyog'ining son qismi mushaklaridan jarohat orttirib olgan bo'lishi mumkin.
Qayd etilishicha, kataloniyaliklar hujumchisi chempionatning qolgan ikki o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin. Grizmann ushbu mavsumda "Barselona" tarkibida 46 o'yinda 15 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.
Havola :
Fikrlar