07 sen 11:28
Yangiliklar
Futbol

Grizmann Messi va Koutino sabab "Barsa"dan ketishi mumkin, uni APL klublari kuzatmoqda
"Barselona" forvardi Antuan Grizmann "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
Angliya klublari "ko'k-anorranglilar" tarkibidan ketishi mumkin bo'lgan 29 yoshli franciyalik futbolchining vaziyatini kuzatishmoqda.
"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Grizmannga Lionel Messi ketgan taqdirda etakchilik rolini vada qilgan edi. Ammo, Messi "Kamp Nou"da qoldi va Kumanning rejalari ham o'zgardi.
SHuningdek Filippe Koutino ham "Bavariya"dan qaytdi. Kuman unga ishonch bildiradi va klub uni ijaraga berib yubormaydi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu Grizmanni "Atletiko" bilan Joau Feliksga almashishga uringani haqida xabarlar yangragan edi.
Havola :
Manba : dailymail.co.uk
Fikrlar