So’nggi yangiliklar

19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0 14:13Моуриньо "Вильярреал" билан ўйиндан сўнг матбуот билан мулоқот қилишни рад этди. Нега? 0 13:42Дэвид Бенавидес энди WBC чемпиони эмас! 0 13:11Итальян сузувчиси Тошкентдаги Жаҳон кубогида Элдор Шомуродов либосида стартга чиқди + ФОТО 0 12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0

03 iyu 19:54
Yangiliklar

Tennis

Grunt qiroli Rafael Nadalni tabriklaymiz!

Teglar :  TennisNadalIspaniya
Bugun ispaniyalik tennis afsonasi Rafael Nadal o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Rafael Nadal Parera 1986 yil 3 iyun kuni Ispaniyaning Malorka oroli Manakor shahrida dunyoga kelgan. Grunt, yani tuproq qoplamali kortlar qiroli nomini olgan Nadal bugun 34 yoshga to'ldi. Rafaning otasi Sebastyan ikki ukasi bilan restoran hamda oyna ishlab chiqariz biznesi bilan shug'ullanadi. Onasi Ana Mariya. Tennischining singlisi Mariya Izabel.

Rafael tennis bilan shug'ullanishni amakasi Tonining murabbiyligida 4 yoshidan boshlagan. Bu tandem 2019 yilga kelibgina hamkorlikni to'xtatadi. Nadal professional faoliyatini 2001 yilda boshlagan va shu kungacha 85 ta turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan. Faoliyati davomidagi ishtirokidan $120,955,904 ishlab olgan (tennis tarixidagi uchinchi ko'rsatkich). 

Ispaniyalik afsona "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi 19 ta turnirda bosh sovringa ega chiqqan. Bu boradagi birinchi tituli "Rolan Garros" bo'lib, 2005 yilda qo'lga kiritgan. Ilk bor 2008 yilning avgust oyida dunyoning birinchi raketkasiga aylangan. 

Nadal 35 ta "Masters" turnirlarida zafar quchgan. Bu tennis tarixidagi rekord natija hisoblanadi. 2008 yilda Pekin Olimpiadasida chempion bo'lgan. 2016 yilgi Rio Olimpiadasining juftlik bahslarida ham oltin medal bilan taqdirlangan.  

Ispaniya terma jamoasi tarkibida besh bor - 2004, 2008, 2009, 2011 va 2019 yillarda norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogini boshi uzra baland ko'targan. Uning nomidagi akademiya 2015 yilning dekabrida tashkil etilgan bo'lib, ona shahri Manakorda faoliyat yurityapti. Nadal bo'sh vaqtida golf va poker o'ynaydi. Madridning "Real" klubi muxlisi. Turmush o'rtog'i Mariya Fransiska "Xiska" Parelo bilan 2005 yilda tanishgan. 2019 yilning oktyabriga kelibgina ular rasman nikohdan o'tishgan. 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
03 iyu 20:54:53
Mirzaev Sanjar
Assalomu alaykum!
Rafael Nadal sizni 34 yoshingiz bilan chin yurakdan tabriklayman!
Tug'ilgan kuningiz muborak bulsin sizni ashadiy muxlisingiz Mirzaev Sanjar.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing