So’nggi yangiliklar

16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0

10 avg 12:41
Yangiliklar

Dzyudo, Osiyo o'yinlari

Gulnoza Matniyozova sportga qiziqish sababi, chempionlik siri va boshqalar haqida

Yana bir necha kundan so'ng Indoneziyada navbatdagi Osiyo o'yinlari start oladi.

Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etuvchi etakchi sportchilarimiz bilan qisqa intervyular tashkil qilib kelmoqda. Bugun savollarimizga o'zbek ayollari ichida dzyudo bo'yicha jahon turnelarida birinchi oltin medalni qo'lga kiritgan sportchi Gulnoza Matniyozova javob qaytaradi.

Sportga qiziqish sababi

Taxminan besh yoshimda ota-onam bilan birga televizor ko'rib o'tirardik. O'shanda mamlakatimizning birinchi prezidenti yosh kurashchilarni medallar bilan taqdirladilar. SHunda men ham qiziqib dadamdan so'ragandim: "Men ham sportchi bo'lsam prezidentimiz medal beradilarmi?". SHu tariqa sportga qiziqib, mashg'ulotlarda qatnasha boshlaganman. Yakkakurashchi bo'lganim bilan, sportning gimnastika va futbol turlarini ham juda yaxshi ko'raman.


Ovqat tanlamaydi

Ovqatlanish tartibim haqida gapiradigan bo'lsam, hamma kabi taomlar istemol qilaman. Ovqat tanlab o'tirmayman. Ertalab ko'p ham nonushta qilmayman.


CHempionlik siri

Buning uchun har bir sportchi o'z oldiga maqsad qo'yishi lozim. Mehnat qilib, o'z ustida muntazam ravishda ishlash kerak. Murabbiy ko'rsatmalarini doimo bajarishi shart. Ana shunda u o'z maqsadiga erishadi va shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin oladi.


Osiyo o'yinlari oldidan

Indoneziyadagi musobaqaga jiddiy ravishda tayyorgarlik ko'rdik. Hozircha bu borada aniq bir gap ayta olmayman. Ammo, sovrindorlar qatoridan o'rin olish uchun jiddiy ravishda harakat qilaman. Osiyo o'yinlarida jamoadoshlarimga ham omad tilayman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing