11 apr 19:01
Yangiliklar
G'ulomjon va Javrail oltin, Bekzod va Magomed kumush medal sohiblari
Xabar berganimizdek, hal qiluvchi final uchrashuviga 4 nafar kurashchimiz etib kelgan edi. Ulardan 57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan G'ulomjon Abdullaev hamda 86 kg vazndagi Javrail SHapiev xitoylik raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritishdi. Abdullaev Liu Mingxuni, SHapiev esa Din Zushendan ustun keldi.
Eronlik kurashchilar bilan tengma-teng kurashgan Bekzod Abdurahmonov (74 kg) va Magomed Ibragimov (97 kg) kumush medalga sazovor bo'lishdi. Jarohati sabab 65 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Ilyas Bekbulatov bronza medali uchun bellashuvga chiqa olmadi.
Yana bir bor eslatib o'tamiz, finalga etib kelgan G'ulomjon Abdullaev, Bekzod Abdurahmonov, Javrail SHapiev va Magomed Ibragimov Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini ham qo'lga kiritishdi.
Fikrlar
yozmidi bula. Ozimiz qidirib topib olamiz.Bekbulatov yutqizib qoydidiyu