10 noy 07:47
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				
				
			
				Gulova - jahon chempionatining kumush medali sovrindori!
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida sambo kurashi bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. 
			Jahon chempionatining ilk kunida sportchilarimiz 4ta vazn toifasida gilamga chiqishdi. Ayollar o'rtasidagi -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nodira Gulova finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi. U finalda rossiyalik Mariya Molchanovaga yutqazib qo'ydi.
Erkaklar o'rtasida -52 kg vaznda ishtirok etgan Ahmad Rahmatullaev, -68 kg vazn toifasida jahon chempioni Sarbon Ernazarov hamda -90 kg vaznda Kamoliddin Xolmamatovlar saralash bahslarida mag'lubiyatga uchrab, Toshkentga medalsiz qaytadigan bo'lishdi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar