01 fev 09:28
Yangiliklar

Gulruhbegim Gibraltardagi ishtirokini 128-o'rinda yakunladi
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Gibraltar chess festival 2019” musobaqasida dunyoning kuchli grossmeysterlari va ular qatorida hamyurtimiz, xalqaro ayollar grossmeysteri Gulruhbegim Tohirjonova (2446) ham ishtirok etdi.
Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2781), Levon Aronyan (Armaniston, 2765), Uesli So (AQSH, 2765), Xikaru Nakamura (AQSH 2746), Czyuy Venczyun (Xitoy, 2575), Anna Muzichuk (Ukraina, 2569), Katerina Lagno (Rossiya 2560) kabi xalqaro grossmeysterlar, jahon chempionlarining musobaqada ishtirok etgani turnir nufuzidan darak berib turibdi.
Kecha o'tkazilgan so'nggi o'ninchi partiyada Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda o'ynashiga qaramay, o'zi singari 5 ochkoga ega bo'lib turgan Bosniya va Gercegoviniya vakili Denis Kadrichga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu bilan shaxmatchimiz 5 ochko bilan turnirni yakunladi. O'n imkoniyatning teng yarmini qo'lga kiritgan Gulruhbegim qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 128-o'rin bilan kifoyalandi.
Kechagi so'nggi 10-turda peshqadam rossiyalik Vladislav Artemev (2709) qora donalarda harakat qilishiga qaramay, xitoylik YU Yang Yini taslim etdi va 8,5 ochko bilan musobaqa g'olibiga aylandi. Hindistonlik Murali Kartikyan 8 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar