30 jan 09:38
Yangiliklar
![](/upload/storage/53160_220.jpg)
Gulruhbegim Gibraltardagi turnirda durang o'ynadi
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Gibraltar chess festival 2019” musobaqasida dunyoning kuchli grossmeysterlari va ular qatorida hamyurtimiz, xalqaro ayollar grossmeysteri Gulruhbegim Tohirjonova (2446) ham ishtirok etyapti.
Ishtirokchilar orasida Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2781), Levon Aronyan (Armaniston, 2765), Uesli So (AQSH, 2765), Xikaru Nakamura (AQSH 2746), Czyuy Venczyun (Xitoy, 2575), Anna Muzichuk (Ukraina, 2569), Katerina Lagno (Rossiya 2560) kabi xalqaro grossmeysterlar, jahon chempionlarining borligi musobaqa nufuzidan darak berib turibdi.
Kecha sakkizinchi partiyada Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda rossiyalik rossiyalik Elizaveta Solojenkinaga qarshi bahs olib bordi va durang natija bilan kifoyalandi. Bugun Tohirjonova o'zi singari 4 ochkoga ega bo'lib turgan angliyalik Nigel Povaxga qarshi qora donalarda harakat qiladi.
Bugungi tur o'yinlari oldidan turnir jadvalida 6,5 ochkodan jamg'argan chexiyalik David Navara (2738) hamda rossiyaliklar Vladislav Artemev (2709) va Kiril Alekseenko (2637) peshqadamlik qilishyapti. Bugun 9-turda Navara va Artemev o'zaro dona surishadi.
Fikrlar