31 jan 10:09
Yangiliklar

Gulruhbegim Gibraltardagi turnirda g'alabaga erishdi
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Gibraltar chess festival 2019” musobaqasida dunyoning kuchli grossmeysterlari va ular qatorida hamyurtimiz, xalqaro ayollar grossmeysteri Gulruhbegim Tohirjonova (2446) ham ishtirok etyapti.
Ishtirokchilar orasida Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2781), Levon Aronyan (Armaniston, 2765), Uesli So (AQSH, 2765), Xikaru Nakamura (AQSH 2746), Czyuy Venczyun (Xitoy, 2575), Anna Muzichuk (Ukraina, 2569), Katerina Lagno (Rossiya 2560) kabi xalqaro grossmeysterlar, jahon chempionlarining borligi musobaqa nufuzidan darak berib turibdi.
Kecha to'qqizinchi partiyada Gulruhbegim Tohirjonova qora donalarda o'ynashiga qaramay, o'zi singari 4 ochkoga ega bo'lib turgan angliyalik Nigel Povaxni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Bu bilan shaxmatchimiz 5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 106-o'ringa ko'tarilib oldi. 69-pog'onadan joy olgan argentinalik grossmeyster Fernando Peralta hisobida ham aynan 5 ochko bor. Gulruhbegimning o'zi esa 108-raqam ostida turnirda ishtirok etyapti.
Bugungi so'nggi 10-tur o'yinlari oldidan turnir jadvalida 7,5 ochko jamg'argan rossiyalik Vladislav Artemev (2709) peshqadamlik qilyapi. Kecha u asosiy raqibi chexiyalik David Navara (2738)ni mag'lub etdi. Franciyalik Maksim Vashe-Lagrav, xitoylik YU Yang Yi va hindistonlik Murali Kartikyan hisobida 7tadan ochko bor.
Fikrlar