So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

24 may 09:59
Yangiliklar

SHaxmat

Gulruhbegim Jahon kubogi yo'lidagi asosiy raqibasini engdi

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Ayollar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning uchinchi turida xalqaro grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova muhim g'alabaga erishdi. Turnir reytingida birinchi raqam ostida tasniflangan Tohirjonova qora donalarda harakat qilishiga qaramay, o'zi singari ikki g'alabaga erishgan qozog'istonlik Madina Davletbaevani mag'lubiyatga uchratdi. 

Hamyurtimiz Nilufar Yoqubboeva qozog'istonlik Bibisara Assaubaevadan ustun keldi. Grossmeysterimiz Sarvinoz Qurbonboeva yana bir qozog'istonlik shaxmatchi Gulisxan Naxbaeva bilan durangga imzo chekdi. Bahora Abdusattorova qozoq shaxmatchisi Meruert Kamalidenovani engdi. 

Bugun o'tkaziladigan to'rtinchi tur oldidan Tohirjonova 3 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Nilufar Yoqubboeva 2,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan. Keyingi pog'onalardan joy olgan shaxmatchilar hisobida ikki va undan kamroq ochko bor. Bugun to'rtinchi turda o'zbek derbisi bo'lib o'tadi. Gulruhbegim oq donalarda Yoqubboevaga qarshi bahs olib boradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing