So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

27 may 09:06
Yangiliklar

SHaxmat

Gulruhbegimda mag'lubiyat, Nilufar yakka peshqadam bo'lib oldi

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Ayollar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning oltinchi turida xalqaro grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova turnirdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Turnir reytingida birinchi raqam ostida tasniflangan Tohirjonova qora donalarda harakat qildi va qozog'istonlik Bibisara Assaubaevaga imkoniyatni boy berdi. 

Tohirjonovaga ilk mag'lubiyatni taqdim etgan yana bir hamyurtimiz Nilufar Yoqubboeva bu turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, qozog'istonlik Amina Kairbekovani engdi va 5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Qozog'istonlik shaxmatchi qizlar - Gulmira Dauletova va Madina Davletbaeva partiyasida g'olib aniqlanmadi. 

Bugun o'tkaziladigan oltinchi tur oldidan turnir jadvalida Nilufar Yoqubboeva 5 ochko bilan karvonboshilik qilyapti. Bibisara Assaubaeva 4,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Gulruhbegim Tohirjonova va Gulmira Dauletova hisobida 4 tadan ochko bor. 

Bugun 7-turda peshqadam Yoqubboeva oq donalarda yana bir hamyurtimiz, grossmeyster Sarvinoz Qurbonboevaga qarshi bahs olib boradi. Gulruhbegim oq donalarda Amina Kairbekova bilan hisob-kitob qiladi. Bibisara Assaubaeva vatandoshi Gulmira Dauletova bilan uchrashadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing