24 iyu 09:25
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/520_220.jpg)
Gus Xiddink: “Rossiyaga JCH-2018ga tayyorgarlikda yordam bermoqchiman”
Gollandiyalik mashhur mutaxassis Gus Xiddink Rossiya terma jamoasiga JCH-2018 final bosqichiga tayyorgarlik ko'rishida yordam berishga tayyor ekanligini malum qildi.
“Agar yordam kerak bo'lsa, men bunga tayyorman. Hozirda Rossiya sport tomonidan ham, imidj bo'yicha ham qiyin ahvolga tushib qolgan”, – deydi Xiddink.
Avvalroq, Gus Xiddinkning Rossiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. 70 yoshli mutaxassis 2006 yildan 2010 yilgacha Rossiya terma jamoasiga ustozlik qilgan. Uning murabbiyligidagi jamoa Evro-2008ning yarim finaliga qadar etib borgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar