28 apr 19:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Guskov bilan qiyofadosh "sheryurak" Smit faoliyatini yakunladi
36 yoshli amerikalik aralash yakka kurash ustasi Entoni Smit sportchilik faoliyatini yakunladi.
U 26 aprel kuni Kanzas-Sitida tashkil etilgan UFC Fight Night turniri doirasida Jan Minyan bilan bahs olib borib, birinchi raundda nokaut orqali mag'lubiyatga uchragan edi.
Bu "sheryurak" taxallusli Entonining ketma-ket uchinchi mag'lubiyatiga aylandi.
SHunday qilib, nebraskalik Entoni Smit 36 yoshida faoliyatiga yakun yasadi. U 2007-2025 yillar davomida 59 ta jang o'tkazib, 37 ta g'alaba va 22 ta mag'lubiyat qayd etdi.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar